"Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati"
07.09.2022
“7 sentabr – Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni” munosabati bilan joriy yilning 6 sentabr kuni "Zamin" fondi tomonidan BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va O'zgidromet bilan birgalikda "Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodxo‘ja Khabibullayev zoom orqali ishtirok etdi.
“Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida erishilgan natijalar taqdimot qilindi, bu boradagi xalqaro tajriba muhokama qilindi, havoni nazorat qilish chora-tadbirlarini eng namunali xalqaro amaliyotga muvofiq holda takomillashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.