8-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

8-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

06.09.2022

8-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8-9 sentabrda Qoraqalpog’istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 8 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 9-11 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 9-10 sentabrda 25-30°, 11 sentabrda 23-28° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 8 sentabrda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°, 9 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 10 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°; 11 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikdaHarorat 8-9 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 10 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°; 11 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 8 sentabrda 35-40°, 9 sentabrda 33-38°, 10 sentabrda 32-37°, 11 sentabrda 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi  8 sentabrda 32-37°, 9-10 sentabrda 30-35°, 11 sentabrda 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 8-9 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10-11 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 8 sentabrda 27-32°, 9 sentabrda 25-30°, 10-11 sentabrda 18-23° bo‘ladi.