7-10 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
05.09.2022
7-10 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7-9 sentabrda Qoraqalpog’istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-8 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 9-10 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 7 sentabrda kechasi 18-23°, kunduzi 34-39°; 8 sentabrda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°, 9 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 10 sentabrda kechasi 12-17°,
kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat 7 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 34-39°; 8-9 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 10 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 7-8 sentabrda 34-39°, 9-10 sentabrda 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 7 sentabrda 33-38°, 8 sentabrda 32-37°, 9-10 sentabrda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 7-9 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi12-17°, kunduzi 7-8 sentabrda 27-32°, 9 sentabrda 25-30°, 10 sentabrda 18-23° bo‘ladi.