“O‘zgidromet” va Respublika kengashi o‘rtasida Tarmoq shartnomasi imzolandi
29.08.2022
Joriy yilning 29 avgust kuni O‘zgidromet va Respublika Kengashi o‘rtasida O‘zgidromet sohasida Tarmoq Shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnoma sohaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy hujjatdir. Ushbu hujjatda Bosh Shartnomada ko‘rsatilgan asosiy talablar bayon etilgan. Tarmoq Shartnomasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida ekspertizadan o‘tkazildi. Ushbu hujjat O‘zgidrometga tegishli korxona va tashkilotlarning jamoa shartnomalarini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tarmoq shartnomasi loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan komissiyaning barcha a’zolariga tashakkur bildiramiz. Umid qilamizki, ushbu hujjat O‘zgidromet xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda tizimli ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.