COSMO-CA raqamli prognozlash tizimini ishlab chiqish va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha sinoptiklar va IT-mutaxassislar uchun birinchi seminari

COSMO-CA raqamli prognozlash tizimini ishlab chiqish va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha sinoptiklar va IT-mutaxassislar uchun birinchi seminari

25.08.2022

COSMO-CA raqamli prognozlash tizimini ishlab chiqish va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha sinoptiklar va IT-mutaxassislar uchun birinchi seminari

Joriy yilning 25 - 30 avgust kunlari O‘zgidromet majlislar zalida Markaziy Osiyo gidrometeorologiya xizmatlarini modernizatsiya qilish loyihasining (CAHMC) A-komponenti hududiy tadbirlar rejasiga muvofiq, “COSMO-CA raqamli prognozlash tizimini ishlab chiqish va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha sinoptiklar va IT-mutaxassislar uchun birinchi seminar”i o‘z ishini boshladi.

Seminarda spikerlardan: Markaziy Osiyoda gidrometeorologik uskunalarni modernizatsiya qilish bo'yicha Jahon banki loyihasi ishchi guruhi rahbari, bosh direktor o‘rinbosari Firuz Safarov, O‘zgidrometda COSMO-CA modelini joriy etish bo‘yicha GMITI loyihasi menejeri Doniyor Tug‘unov, xalqaro konsultantlardan Rivin Gdaliy Simonovich, Rozinkina Inna Adolfovna, Makarova Marina Yevgenevna, Blinov Denis Viktorovich hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalaridan mutaxassislar ishtriok etmoqdalar.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4896-son qarori qabul qilinib, uning doirasida xodimlarning ish haqi sezilarli darajada oshirildi va 2022-yilda “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.

O‘zgidrometning kuzatuv tarmog‘ini modernizatsiya qilish doirasida 50 dan ortiq avtomatik stansiyalar o‘rnatildi (bugungi kunda tarmoqni avtomatlashtirish 85 foizga yetdi), barcha avtomatik stansiyalar an’anaviy kuzatuvlarga parallel ravishda ishlamoqda. Buxoro viloyatida “Vaysala” meteorologik lokatori o‘rnatilib, foydalanishga topshirilmoqda, Farg‘ona viloyati, Namangan shahrida ham ana shunday lokatorni yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

O‘zgidrometni Milliy gidrometeorologiya xizmati sifatida modernizatsiya qilishda O‘zbekistonda ham, Markaziy Osiyo mintaqasida ham mezomiqyosli modellashtirishning rivojlanishi katta qadamdir.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan “Xavfli gidrometeorologik hodisalar (kuchli shamol, kuchli yomg‘ir, sel oqimlari) monitoringi tizimini va COSMO-CA gidrodinamik modeli ma’lumotlari asosida uning mobil ilovasini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratildi, bu Markaziy Osiyo NMHSni modernizatsiya qilish loyihasi va O‘zbekiston Milliy gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish loyihasining mantiqiy tarkibiy qismi hisoblanadi