25 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
25.08.2022
25 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 29-34o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32o bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.