O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 22-26 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 22-26 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

22.08.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 22-26 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

Hafta davomida ob-havo qulay bo‘ladi

O‘tgan dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Ural (Rossiya) hududidan salqin havo massasi kirib keldi. Havo harorati kechalari 10-15° gacha, kunduz kunlari 25-30° gacha pasaydi.

Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyining oxirigi o‘n kunligi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari harorat 12-17° dan yuqori bo‘lmaydi, haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30° atrofida bo‘ladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34° gacha biroz ko‘tariladi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.