19 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.08.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

19-20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
19-20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
19-20 avgustda kunduzgi havo harorati 27-32o gacha pasayadi.

19 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlari kuzatilishi, ayrim hududlarda shamol 24-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34o bo‘ladi.

Respublikaning togʼ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.