16 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.08.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 18-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududlariga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.
18-20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
18 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
19-20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
19-20 avgustda kunduzgi havo harorati 27-32o gacha pasayadi.

16 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-tozonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39o bo‘ladi.

Respublikaning togʼ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyati tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32о bo‘ladi.