O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 15-19 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 15-19 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

15.08.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 15-19 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

Hafta oxiriga kelib, havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida 16 avgustda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 36-39° gacha isiydi va shu kunlarning o‘rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi.

Hafta o‘rtasi chorshanba kunidan respublika hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu esa issiq pasayishiga olib keladi. Ish haftasining oxiriga klib, havo harorati kechalari 16-20° gacha, kunduz kunlari 30-33° gacha pasayadi. Barcha hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.