17-20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
15.08.2022
17-20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17 avgustda 18-23° bo‘ladi, 18-20 avgustda 13-18° gacha pasayadi, kunduzi 17-18 avgustda 30-35°, 19-20 avgustda 28-33° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat
17 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo‘ladi, 18-20 avgustda kechasi 15-20° gacha, kunduzi
28-33° gacha asta-sekin pasayadi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 17-18 avgustda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°,
19-20 avgustda kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
18-20 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 avgustda 22-27°, 19 avgustda 20-25°, 20 avgustda 18-23°, kunduzi
17 avgustda 35-40°, 18-20 avgustda 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 avgustda 18-23°, 19-20 avgustda 16-21°, kunduzi 17 avgustda 33-38° bo‘ladi, 18-20 avgustda 28-33° gacha asta-sekin pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-20 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 avgustda 17-22° bo‘ladi, 18-20 avgustda 11-16° gacha pasayadi, kunduzi 17-18 avgustda
25-30°, 19-20 avgustda 21-26° bo‘ladi.