O‘zgidrometda Oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha “boshlang‘ich tashkilot” kengashi a’zolarining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zgidrometda Oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha “boshlang‘ich tashkilot” kengashi a’zolarining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12.08.2022

O‘zgidrometda Oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha “boshlang‘ich tashkilot” kengashi a’zolarining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zgidromet majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zgidromet markaziy apparat boshqarma, bo‘limlari va tarkibiy tuzilma ayol xodimlarining muammolarini va ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Maslahat-kengashi raisi O‘zgidromet 1-bo‘lim yetakchi mutaxassisi N.Muhamedova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari to‘g‘risidagi Tartib bilan tanishtirdi va O‘zgidrometda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarining asosiy vazifalari va maqsadlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash hamda Markaziy apparat boshqarmalar, bo‘linmalari va tarkibiy tuzilmalar xotin-qizlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtirish va rivojlantirish to‘g‘risida kelishib olindi.