O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 12-14 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
12.08.2022

Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 18-22°, kunduz kunlari 32-37° atrofida bo‘ladi.
Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Respublika hududiga yakshanba kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat 37-39° ga yetadi.
Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kechqurun Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.