12 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.08.2022

MUHIM HODISALAR

12 avgustda Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

12 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36o bo‘ladi.

Respublikaning togʼ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27о bo‘ladi.