11 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.08.2022
MUHIM HODISALAR
11-12 avgustda Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
11 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34o bo‘ladi.
Respublikaning togʼ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.