Memorandum imzolandi

Memorandum imzolandi

09.08.2022

Подписан Меморандум

O‘zgidromet huzuridagi «Meteoinfokom» davlat muassasasi va хalqaro IQAir kompaniyasi bilan atmosfera havosi ifloslanish monitoringi bo‘yicha elektron ma’lumotlar almashinuvi doirasida Memorandum imzolandi. Mazkur Memorandum doirasida «Zamin» halqaro jamoatchilik fondi ko‘magida Toshkent shahrida o‘rnatilgan havo ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarni «www.iqair.com» - halqaro global platformaga uzatish bo‘yicha texnik hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ma’lumot uchun: IQAir - havo sifati texnologiyasi sohasidagi Shveysariya kompaniyasi bo‘lib, 1963 yilda tashkil etilgan. Buguni kunda dunyoning 106 tadan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan bu kompaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi, Aholi punktlari dasturi va Greenpeace International halqaro ekologik tashkilotning texnologik hamkori hisoblanadi.