O‘zgidrometda atrof muhit o‘zgarishini oldini olish va unga birgalikda moslashish loyihasi bo‘yicha uchrashuv

O‘zgidrometda atrof muhit o‘zgarishini oldini olish va unga birgalikda moslashish loyihasi bo‘yicha uchrashuv

05.08.2022

O‘zgidrometda atrof muhit o‘zgarishini oldini olish va unga birgalikda moslashish loyihasi bo‘yicha uchrashuv

Joriy yilning 4 avgusti O‘zgidromet bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullaev va BMTning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha yangi tayinlangan ijrochi direktori Fidi Rajonson o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Atrof muxit va iqlim bo‘yicha mutaxassis xonim Dyubanova Margarita bilan O‘zgidromet hodimlari o‘rtasida 2023- yilga rejalashtrilgan atrof muhit o‘zgarishini oldini olish va unga birgalikda moslashish loyihasi uchun onlayn formatdagi tayyorgarlik ishlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodho‘ja Habibullaev ekinlar hosildorligining 70%i ob-havoga, 30%i esa qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga bog‘liqligini ta’kidladi. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ob-havo ma’lumotlarini qishloq xo‘jaligiga bog‘lagan holda olib borish juda muhimligini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga O‘zgidrometning Agrometeorologiya sohasidagi asosiy vazifasi – mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan agrometeorologik ma’lumotlar va prognozlarning turli shakllari va turlarini taqdim etish, qishloq xo‘jaligini tezkor agrometeorologik ma’lumotlar bilan taminlashdan iborat ekanligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra yuqoridagi loyiha Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilishiga kelishildi.