O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 5-7 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 5-7 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

05.08.2022

Qulay harorat O‘zbekiston aholisini quvontirishda davom etadi.

Bugun va dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni me’yoriy qiymatlardan biroz yuqori bo‘lib, kechalari 20-25o, kunduz kunlari 32-37o atrofida bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.