2 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
02.08.2022
MUHIM HODISALAR
2-5 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘ir tufayli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
2 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat 32-37o bo‘ladi.
Toshkentda Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kuning ikkinchi yarimida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.