Avgust – iqlim va prognoz

Avgust – iqlim va prognoz

01.08.2022

#uzgidromet #avgust #prognoz #qulay #obhavo #iqlim #meyor

 

Yozning so‘nggi oyi avgust ham kirib keldi. Odatda yoz mavsumining eng issiq davri "chilla" avgust oyining boshida tugaydi.

Iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha avgust oyi iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5o ga salqinroq bo‘ladi.

Hududning aksariyat qismida avgust oyi haroratining eng yuqori cho‘qqi qiymatlari iyul oyi maksimumlaridan past bo‘ladi. Shunda, Toshkentda iyul oyidagi eng yuqori havo harorati 44,6o (bunday harorat 1997 yilda qayd etilgan), avgust oyida esa 43,1o (1944 yilda) ni tashkil etadi. Respublikaning chekka janubida, Termizda iyul oyida eng yuqori harorat 48,6o (1914 yilda), avgust oyida esa 46,3o (1947 yilda) bo‘lgan.

Lekin - markaziy hududlarda 42-43o gacha, janubda 45-46o gacha bo‘lgan juda yuqori harorat qiymatlari har yili ham kuzatilmaydi.

Avgust oyida juda ham tez-tez 1-3 kun 39o dan 41o gacha, janubda 42-43o gacha bo‘lgan harorat kuzatiladi.

Avgust - O‘zbekistonda eng quruq oy deb hisoblanadi. Avgust oyida yomg‘ir juda kam - hududning aksariyat qismida o‘rtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yog‘adi.

Biroq, ushbu quruq oy davomida ayrim joylarda sezilarli jadallikdagi jala yomg‘irlar kuzatilishi istisnodan holi emas.

Shunday qilib, 2020 yil 26 avgustda O‘zbekistonning markaziy hududlarida yog‘ingarchilik miqdori 10-34 mm bo‘lgan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ib o‘tgan. Shu kuni Toshkentda yog‘ingarchilik 17 mm bo‘ldi - bu avgust oyidagi kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha absolyut rekorddir.

Bu yil avgust nisbatan qulay harorat qiymatlari bilan boshlanadi. Oyning birinchi besh kunligida kunduzgi havo harorati 33-38o atrofida bo‘ladi. Xuddi shuday harorat foni oyning oxirigacha ustunlik qiladi. Lekin shu bilan birga markaziy hududlarda harorat qisqa muddatli davrga 40-41o gacha, janubda va cho‘l zonasida 41-42o gacha ko‘tarilish (1-2 kun) ehtimoli bor.

Avgust oyining ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.