3-6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
01.08.2022
3-6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 avgustda 20-25°, 4-6 avgustda 22-27°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 avgustda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi; 4-6 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 3 avgustda 34-39°, 4-6 avgustda 35-40° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 3 avgustda 30-35°, 4-6 avgustda 32-37° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 3 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 4-6 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 avgustda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi; 4-6 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.