30 IYUL-2 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
28.07.2022
30 IYUL-2 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 30 iyulda kechasi 25-30°, kunduzi 35-40°, 31 iyul-2 avgustda kechasi 23-28°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 30-31 iyulda 22-27°, 1-2 avgustda 20-25°, kunduzi 30 iyulda 33-38°, 31 iyulda 30-35°, 1-2 avgustda 28-33° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.