21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.07.2022
MUHIM HODISALAR
21-24 iyul kunlari davrida tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’ladi. Harorat 40-45o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 47o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 41-43o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-37о bo‘ladi.