UShBU HAFTA JUDA ISSIQ BO‘LADI  

UShBU HAFTA JUDA ISSIQ BO‘LADI  

18.07.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 18-22 IYuLGA

OB-HAVO PROGNOZI

 Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi bo‘yicha havo harorati 38-43o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 44-45o gacha bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo 43-45o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 47o gacha isiydi. Faqat respublika shimolida 23 iyulda issiq asta-sekin 37-42o gacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-to‘zonlar bilan
15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling!