18 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.07.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 18-22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47° gacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45° gacha;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43° gacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-24 iyul kunlari davrida tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’ladi. Ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-43o, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35о bo‘ladi.