SHOSHILINCH AXBOROT!
14.07.2022

Joriy yilning 17-22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47° gacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45° gacha;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43° gacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.