O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-16 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-16 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

13.07.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-16 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

ISSIQ YANA KO‘TARILISHNI BOSHLAYDI

O‘tgan hafta davomida va ushbu haftaning boshida yoz fasli uchun qulay bo‘lgan ob-havo sharoitidan so‘ng, yoz yana o‘z ta’sirini boshlaydi.

13 iyulda hududlarning katta qismida havo harorati 33-36°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37-40° gacha atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, ertadan boshlab esa harorat ko‘tariladi va 15-16 iyulga kelib 38-41° ga, janubda va cho‘l hududlarda 42-43° gacha bo‘ladi.

Haroratning bunday ko‘tarilishi Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi natijasida sodir bo‘ladi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.