O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 8-12 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 8-12 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

08.07.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 8-12 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

BAYRAM KUNLARI QULAY HARORAT BO‘LADI

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 30-35° ni tashkil etadi, bu iqlimiy qiymatlardan biroz pastdir.

Qurbon hayitini nishonlash kunlarida mamlakatimizning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli ob-havo kuzatiladi, ushub davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni qulay bo‘lib, kechasi 17-22°, kunduzi 9 iyulda 30-35°, 10-12 iyulda 32-37° atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

9-10 iyul kunlari Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zidromet sinoptiklari O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini Qurbon hayit bayrami bilan tabriklaydi! Ushbu ajoyib bayramda tinchlik, yorqin umidlar, hayotda farovonlik tilaymiz! Yaqinlaringiz baxtli va sog‘lom bo‘lsinlar, oilangizda esa doimo sevgi hukm sursin! Sizlarga pokiza fikr va ezgu ishlar tilaymiz!