O‘zgidrometda “Oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot” tartibini ishlab chiqish” yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zgidrometda “Oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot” tartibini ishlab chiqish” yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

07.07.2022

O‘zgidrometda “Oila va xotin-qizlar masalasi bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot” tartibini ishlab chiqish” yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zgidromet majlislar zalida viloyat boshqarmalari xodimlari o‘rtasida «boshlang‘ich tashkilot» tartibini ishlab chiqish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Maslahat-kengashi raisi N.Muhamedova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yig‘ilishda O‘zgidromet hududiy boshqarmalarida xotin-qizlar faollarini saylash, hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarining asosiy vazifalari va maqsadlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash hamda hamkorlikni muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib olindi. Maslahat kengashi tarkibi a’zolari tashkilotning asosiy vazifalari, Maslahat-kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va tavsiyalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Hududiy boshqarmalarda Kengash faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari hamda uning nizomiga amal qilgan holda samarali tashkil etilishini hamda O‘zgidrometda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish, Kengash qarorlarini ko‘rib chiqish uchun O‘zgidromet rahbariyatiga kiritib borilishini ta’minlash yuzasidan kelishib olindi.

Bugungi tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlar faollarining hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ayollar murojaatlari bilan ishlash, oilalarni mustahkamlash, oilada ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash, xotin-qizlarning muammolari, xususan, ishsizlikni bartaraf etish, turli salbiy holatlarning oldini olish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.

фото