Buxoro, Urganch va Nukus aerodromlariga o‘rnatilgan KRAMS-4 tizimlari o‘rganib chiqildi
07.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 sentabrdagi 558-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aerodromlari hududlarida o‘rnatilgan KRAMS-4 meteouskunalari qabul qilinishi va parvozlar xavfsizligi ta’minlanishi uchun KRAMS-4larni ish faoliyatini uzulishlarsiz davom ettirayotganini o‘rganib chiqishlar boshlandi.
Joriy yilning 27 iyun – 01 iyul kunlari Meteorologik uskunalarga va radiolokator tarmog‘iga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash boshqarmasi xodimlari Buxoro, Urganch va Nukus aerodromlariga o‘rnatilgan KRAMS-4 tizimlari o‘rganib chiqildi va dalolatnomalar tuzildi.