5 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
05.07.2022
MUHIM HODISALAR
5 iyulda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30o atrofida bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20о bo‘ladi.