4 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 3 iyul soat 20 dan – 4 iyul soat 20 gacha

4 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 3 iyul soat 20 dan – 4 iyul soat 20 gacha

03.07.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 3 iyul kunlari davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3-5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

4 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 3 iyul soat 20 dan – 4 iyul soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 34-39o bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
16-21°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.