3 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.07.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 3 iyul kunlari davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

3-5 iyulda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda
23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

3 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-41o, janubda ba’zi joylarda 43-45o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41 o. bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34о bo‘ladi.