4-7 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
02.07.2022
4-7 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 28-33°; Xorazm viloyatida 5-7 iyulda 34-35° gacha bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 iyulda ba’zi joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 33-38°; 5-7 iyulda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 4 iyulda kechasi 19-24°, kunduzi 32-37°; 5-7 iyulda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 iyulda ba’zi joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin, 4 iyulda ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 34-39°; 5-7 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 iyulda ba’zi joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin, 4 iyulda ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 36-41°; 5-7 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 4 va 7 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 iyulda kechasi 16-21°, kunduzi 23-28°; 5-7 iyulda kechasi 12-17°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.