2 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

2 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

02.07.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 2-3 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

3-5 iyulda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

2 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, shimolda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 35-40o, janubda ba’zi joylarda 43-45o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34о bo‘ladi.