1 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
01.07.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 1-3 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.
3-5 iyulda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
1 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 35-40o, janubda ba’zi joylarda 43-45o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-38o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32о bo‘ladi.