O‘zgidromet xodimlarining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro o‘quv kursida ishtiroki

O‘zgidromet xodimlarining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro o‘quv kursida ishtiroki

28.06.2022

O‘zgidromet xodimlarining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro o‘quv kursida ishtiroki

“O‘zgidromet” mutaxassislari, jumladan Aviatsiyani meteorologik ta’minlash boshqarmasi (AMTB)  xodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha muhim vazifalardan birini amalga oshirish doirasida Jahon meteorologiya tashkilotining Pekin mintaqaviy o‘quv markazi (WMO-Pekin MO‘M) Xitoy meteorologiya boshqarmasi homiyligida tashkil etilgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro kurslarda ishtirok etishdi.

Kurs tinglovchilarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq turli masalalar, jumladan, ilmiy asoslari, ta’siri va zaifligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va yumshatish haqidagi tushunchalarini yaxshilashga qaratilgan edi. Shuningdek, Xitoyning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish tajribasi ham taqdim etildi.

Kurs dasturi «Kursga kirish», «Iqlim o‘zgarishi haqida ilmiy faktlar», «Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish texnologiyalari va amaliyotlari» kabi uchta sessiyadan iborat bo‘ldi. Kurslarda dunyoning turli davlatlaridan 260 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Kurs oxirida sertifikatlar berildi.

фото