O‘zgidrometda yoshlar oyligi davom etmoqda

O‘zgidrometda yoshlar oyligi davom etmoqda

28.06.2022

O‘zgidrometda yoshlar oyligi davom etmoqda

O‘zgidrometda "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zgidrometning bir guruh faol xodimlari Toshkent viloyati Tuyabo‘g‘iz ko‘l stansiyasida bo‘lishdi. Yosh mutaxassislar tomonidan stansiya xodimlarining ish faoliyati, sharoitlari o‘rganildi. Mavjud gidrometeorologik asbub-uskunalar tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shundan so‘ng Toshkent dengizi bo‘yiga ekskursiya uyuushtirildi. Turli sport tadbirlari, jumladan,  stol tennisi va suzish musobaqalari o‘tkazilib xodimlarning mazmunli dam olishi tashkil etildi.

Fotogaleriya