28 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.06.2022

MUHIM HODISALAR

28-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududida issiq havo harorati saqlanib turishi sababli havo harorati:

28 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 42-44o gacha;

28-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45o gacha;

28-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40-42o gacha ko‘tariladi.

28-29 iyunda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

 

28 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 37-42o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarida 43-45 o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 39-41o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Farg’ona viloyatinig ayrim tog’li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28-33о bo‘ladi.