O‘zgidromet mutaxasisslarining Toshkent viloyatiga uyushtirgan safari

O‘zgidromet mutaxasisslarining Toshkent viloyatiga uyushtirgan safari

27.06.2022

O‘zgidromet mutaxasisslarining Toshkent viloyatiga uyushtirgan safari

Joriy yilning 22-25 iyun kunlari O‘zgidrometning agrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘i va prognozlash bo‘limi yetakchi muhandisi N.Lev, 1-toifali muhandisi L.Feldman va muhandis X.A’zamovlar Toshkent viloyatiga xizmat safari uyushtirdilar. Safar chog‘ida viloyatning Toshkent viloyati GMB, Chinoz, Yangiyo‘l, Dalvarzin, Kuchlik, Oqqo‘rg‘on, Olmaliq, Ko‘korol metestansiyalarining agrometeorologiya kuzatuv bo‘limining ishlash tartibi yuzasidan nazorat o‘tkazildi hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha xodimlariga uslubiy yordam berildi.

Agrometeorologiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni samaradorligini oshirish maqsadida, AKTPB xodimlari Chinoz, O‘rtachirchiq, Oqqo‘rg‘on tumanlarining Agro klaster vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda fermer xo‘jaliklarini agrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi savollar atroflicha muhokama qilindi.