25 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.06.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati:

25-28 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 42-44o gacha;

25-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida
43-45o gacha;

26-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40-42o gacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

25-27 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

25 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 34-39o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-44o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog’li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28-33о bo‘ladi.