O‘zgidrometda suv resurslari bo‘yicha AQSh Geologiya xizmati ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22.06.2022
Joriy yilning 20 iyun kuni O‘zgidrometda AQSh Geologiya xizmati (USGS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zgidromet va USGS o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston uchun suv resurslarini boshqarish juda dolzarb masalalardan biridir, chunki iqlim o‘zgarishi sharoitida qurg‘oqchilik, sel va toshqinlar, qor ko‘chkilari kabi xavfli gidrometeorologik hodisalar, ayniqsa tog‘li hududlarda rivojlanayotgan sayyohlik hududlarida jadal rivojlanmoqda.
2021 yil dekabr oyidan boshlab xavfli gidrometeorologik hodisalar va suv oqimini gidrologik modellashtirish uchun daryo havzasining geoaxborot asosini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zgidromet va USGS ning qo‘shma dasturini amalga oshirish ishlari boshlangan. Qashqadaryo daryosi havzasi tadqiqot pilot ob’ekti sifatida tanlandi.
Uchrashuv davomida O‘zgidromet bilan USGS qo‘shma dasturini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish rejalari muhokama qilindi:
• suv resurslarini statistik tahlil qilish asosida, shu jumladan kam o‘rganilgan suv oqimlarida monitoringlash va prognozlash;
• qurg‘oqchilik, sel, suv toshqinlari, qor ko‘chkilari va ko‘chkilar jarayonlarini modellashtirish;
• qor qoplamini monitorinlash uchun masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanish;
• GIS texnologiyalaridan chuqur foydalanish.