22 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 21 iyun soat 20 dan – 22 iyun soat 20 gacha
21.06.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 21 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
21-22 iyunda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
21-22 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 21 iyun soat 20 dan – 22 iyun soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchiya yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20o, kunduzi 29-31o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23o, kunduzi 32-37o bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
18-23o, kunduzi 31-36o bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21o, kunduzi 27-32o bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 18-23o, kunduzi 27-32o bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 16-21o, kunduzi 27-32o bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida
15-20 m/s gacha kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 15-20o bo‘ladi.