21 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.06.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 21 iyun kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
21-22 iyunda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momаqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
21-22 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

21 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin Harorat 27-32о bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29о bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momoqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18о bo‘ladi.