21 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 20 iyun soat 20 dan – 21 iyun soat 20 gacha
20.06.2022
MUHIM HODISALAR
20-22 iyunda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
20-22 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
21 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
20 iyun soat 20 dan – 21 iyun soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchiya yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19o, kunduzi 27-29o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 15-20o bo‘ladi.