19 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.06.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 18-21 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 20-21 iyunda shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
19 iyunda  Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
20-22 iyunda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momаqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
19-22 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

19 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat 32-37о bo‘ladi.

Toshkentda Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36о bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27о bo‘ladi.