O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-19 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
17.06.2022
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘ladi va 34-39° ni tashkil etadi, bugun janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42° gacha bo‘ladi.