Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) delegatsiyasining O‘zgidrometga tashifi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) delegatsiyasining O‘zgidrometga tashifi

16.06.2022

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) delegatsiyasining O‘zgidrometga tashifi

Joriy yilning 13-17 iyun kunlari O‘zbekistonda Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik ekspertlari, Qirg‘iziston va Tojikiston soha vakillari ishtirokida Toshkent shahrida sobiq uran inshootlarida yer usti, yer osti va filtrlash suv tarmoqlari monitoringini yaratish bo‘yicha seminar-praktikum o‘tkazilmoqda. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) delegatsiyasi joriy yilning 16 iyun kuni  O‘zgidrometga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida MAGATE ekspertining “Yangioboddan olingan “Hach Lange” kyuvet testlari yordamida tanlangan parametrlarini (nikel, nitratlar, qo‘rg‘oshin, kadmiy) fotometrik usulida aniqlash” mavzusida ma’ruzasi tinglandi. O‘zgidromet Tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi boshqarmasi radioaktiv ifloslanish monitoringi bo‘limi boshlig‘i S.Fayzirahmonov, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi eksperti B.Tolipov ishtirokchilar bilan laboratoriyada mavjud usullar, umumiy alfa-faollik aniqlanishi va boshqa usullar yuzasidan muhokamalar o‘tkazdi.

1

1

123

фото