17-20 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
15.06.2022
17-20 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 17-18 iyunda 34-39°, 19 iyunda 32-37°, 20 iyunda 28-33° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 iyunda cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 17-19 iyunda 35-40°, 20 iyunda 33-38° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARIHavo biroz
bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 17 iyunda 37-42°, 18-20 iyunda 35-40° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 17 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 18-20 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17-19 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.