SHOSHILINCH AXBOROT!
15.06.2022

Joriy yilning 15-17 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.